Ozarbayjon ham Ukrainani tiklash uchun pul ajratadi

Olam

image

Ozarbayjon Ukrainani tiklash uchun 10 million dollar ajratmoqchi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Ukrainani tiklash bo‘yicha London konferensiyasida ma’lum qildi.

Bayramovning aytishicha, Baku Kiyevga elektr jihozlarini ham yetkazib beradi va jangovar harakatlardan jabr ko‘rgan Irpin shahridagi ob’ektlar qurilishida ishtirok etadi. 

“Ozarbayjon Ukrainani qayta tiklash va rekonstruksiya qilish sa’y-harakatlariga, xususan, Kiyev viloyatining Irpin shahriga elektr jihozlarini yuborish va rekonstruksiya loyihalarini amalga oshirish orqali hissa qo‘shadi”, deya tushuntirgan TIV rahbari. 

Shuningdek, u hududlarni minalardan tozalash uchun uskunalar ham Kiyevga topshirilishini ma’lum qilgan. 

Bundan tashqari, vazir Ozarbayjondan Ukrainaga moliyaviy yordam ajratish bir necha transhlarga bo‘linishi, Kiyevga esa pul o‘tkazish muddati ko‘rsatilmasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyun kuni Moldova poytaxti Kishinyovda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Muzokaralardan so‘ng Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida Kiyev mamlakatni qayta tiklashda Ozarbayjonning yordamiga umid qilishi va urushdan keyingi davrda Bakuning Ukrainadagi investitsiya loyihalarida faol ishtirok etishiga ishonishini yozgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ukraina Baku Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing