Ozodbek Nazarbekovning xizmat mashinasi velosipedchini urib yubordi (video)

Jamiyat

image

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubordi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan vazirlik rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 16 fevral kuni Andijon viloyati Qorasuv shahrida sodir bo‘lgan. 

Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan va shifokorlar unga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Tekshiruvlar natijasida yo‘lovchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy, xavotirli holat yo‘qligi aniqlangan.


Shuningdek, Madaniyat vazirligi fuqarolardan yo‘lda harakatlanish madaniyatiga qat’iy rioya qilishlarini so‘ragan. Voqea haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 22 oktyabr kuni Toshkentda o‘sha paytdagi Oliy sud raisi Kozim Komilovning Malibu xizmat mashinasi yo‘l transport hodisasiga uchragan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vazir Ozodbek Nazarbekov velosipedchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing