Toshkentda Gentra velosipedchini urib yubordi

3-sahifa

−

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida velosipedchi va Gentra avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi kecha, 25 sentyabr kuni soat 17:05 da tumandagi Gulsanam ko‘chasida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv velosipedda harakatlanib ketayotgan fuqaro va 1966 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi Gentra rusumli avtomobil o‘rtasida yuz bergan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida velosipedchiga yengil tan jarohati yetgan va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 22 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing