Oliy sud raisining xizmat mashinasi “avariya”ga uchradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 22 oktyabr kuni Toshkentda Oliy sud raisi Kozim Komilovning Malibu xizmat mashinasi yo‘l transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH sodir bo‘lganda Kozim Komilovning o‘zi avtomobilda bo‘lmagan. Mashina haydovchisi esa hozirda tibbiy muolaja olmoqda va uning sog‘lig‘i ancha yaxshi. Sud raisining xizmat mashinasi boshqa avtomobil bilan to‘qnashmagan, voqea oqibatida haydovchidan boshqa hech kim jabrlanmagan. 

Ta’kidlanishicha, haydovchi hozir tibbiy ta’tilda va sog‘lig‘ini tiklashi bilan ishga qaytishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

619

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing