Oyning Quyoshga qaragan tomonida suv izlari borligi aniqlandi

Texnologiya

image

Oyning Quyoshga qaragan tomonida birinchi marta suv izlari borligi aniqlandi. Bu haqda NASA rahbari Jim Braydenstayn ma’lum qilgan.

Kashfiyot Germaniya—AQSH teleskopi Sofia’da olib borilgan tadqiqotlar doirasida aniqlangan.

"Biz birinchi marta Sofia teleskopidan olingan ma’lumotlar tufayli Oyning Quyoshga qaragan tomonida suv borligini tasdiqlay oldik. Bu suvdan resurs sifatida foydalana olamizmi yoki yo‘q, hozircha bilmaymiz. Oy yuzasida suv izlash bizning Artemis dasturi doirasidagi tadqiqot rejalarimiz doirasida juda muhim hisoblanadi", deya ma’lum qilgan Jim Braydenstayn.

 

Avval suv Oyning Quyosh nuri isitmaydigan orqa tomonidagi kraterlarida mavjud, deb hisoblanardi.

NASA'ning qayd etishicha, mazkur zaxiralar suv, havo va yoqilg‘i manbai sifatida Oydagi uzoq missiyalarda resurs bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Sovet Ittifoqiga tegishli zond birinchi marta 1970 yillarda Oyning yuzasida suv izlarini aniqlagan. 2018 yilda esa NASA Oyda shubhasiz suv borligini ma’lum qilgan. Biroq uning zaxiralari o‘lchamlari haligacha o‘rganilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

suv oy

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing