Oyni zabt etgan kosmonavtlarning fazodagi mashhur so‘zlari nima bo‘lgan?  

Bu qiziq

image

Amerikadagi SpaceX xususiy kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasida birinchi marta turkiyalik Alper Gezeravji sayyohlar ekipaji bilan Xalqaro kosmik stansiyaga uchgani haqida xabar bergandik.

Mahalliy turk OAVlarining qayd etishicha, kosmosga chiqqan Gezeravji Otaturkning "Kelajak osmonda" so‘zlarini iqtibos sifatida keltirgan. Turk kosmonavtining so‘zlari Yuriy Gagarin va Nil Armstrong kabi mashhur kosmonavtlarning koinotga parvozi chog‘ida  aytgan gaplarini kun mavzusiga aylantirdi.

Jumladan, 1961 yil 12 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 09:07 da "Boyqo‘ng‘ir" kosmodromidan ichida Yuriy Gagarin o‘tirgan "Vostok" kosmik kemasining uchishiga start beriladi. Parvoz muvaffaqiyatli amalga oshadi. Ochiq koinotga chiqqan Gagarin aloqa orqali o‘zining taassurotlari haqida gapiradi. Uning "Yer ustidagi bulutlarni va ulardan yerga tushayotgan soyani kuzatyapman. Juda chiroyli. Diqqat! Yerning gorizontini kuzatyapman. Barchasi juda go‘zal", degan so‘zlari bortdagi magnitofoniga yozib olingan.

Shuningdek, 1969 yil 16 iyul kuni Florida shtatida joylashgan Kennedi nomidagi kosmik markaz aerodromidan ichida Nil Armstrong, Maykl Kollinz va Edvin Oldrin bo‘lgan Apollon-11 kosmik kemasi fazoga parvoz qiladi. 1969 yil 20 iyul kuni Nil Armstrong va Edvin Oldrin ikkinchi modul bilan Oy sathiga tushishga qaror qilishadi. Maykl Kollinz asosiy modul bilan orbitada qoladi.

Yerning tabiiy yo‘ldoshiga birinchi bo‘lib Nil Armstrong oyoq qo‘yadi. O‘sha paytda Nil "Bu bir odam uchun kichik qadam bo‘lishi mumkin, biroq bu insoniyatning kelajak tomon ulkan sakrashidir", deydi. Keyinchalik uning bu gaplari juda mashhur bo‘lib ketadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuriy Gagarin kosmik kema Alper Gezeravji Nil Armstrong

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing