Oyliklar oshiriladi. Qozog‘istonda!
Olam
−
14 aprel 6690 1 daqiqa
Qozog‘istonda eng kam ish haqi 150 ming tengegacha (taxminan 3 839 590 so‘m) oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni o‘tkazilgan hukumat brifingida Milliy iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Azamat Amrin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda eng kam ish haqi 85 ming tenge bo‘lib, uni oshirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
“Dunyo bo‘yicha eng kam ish haqi o‘rtacha ish haqining 50 foizini tashkil qiladi. Bu taxminan 300 ming tenge atrofida. Bizning maqsadimiz esa uni 150 ming tengagacha yetkazishdir”, degan u.
Biroq mazkur o‘zgarishning aniq muddati hozircha rasman e’lon qilinmagan. Rasmiylarga ko‘ra, minimal ish haqini oshirish masalasi to‘liq ravishda davlat byudjetining moliyaviy imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
“Bu yil daromadlar qanday bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Agar ijobiy dinamika saqlansa, moliyaviy imkoniyat paydo bo‘ladi va bu qarorni amalga oshirish mumkin bo‘ladi”, degan vazir o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda ayollarning pensiya yoshi oshirilishi xabar qilingan edi.
Live
Barchasi