Oybek Qosimov OFKda lavozimga tayinlandi

Sport

image

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov OFK Yuridik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) o‘z tarkibidagi qo‘mitalarining vakolat muddati 2023-2027 yillarni tashkil etuvchi yangi tarkibini e’lon qilgan. Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Omilovich Qosimov OFK Yuridik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, yana 5 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis Konfederatsiyaning turli qo‘mitalari a’zoligiga qabul qilindi.

“O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Oybek Qosimov va boshqa yurtdoshlarimizni yangi lavozimga tayinlanganlari bilan muborakbod etib, ularning kelgusi faoliyatida ham yangi muvaffaqiyatlar tilaydi”, deyiladi MOQ xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov OFK Ijroiya qo‘mitasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha a’zoligiga saylanib, tashkilotning Hakamlar Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Oybek Qosimov Osiyo futbol konfederatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing