Otabek Umarov Gennadiy Golovkin bilan uchrashdi

Sport

image

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov mashhur bokschi, hozirda Qozog‘iston Olimpiya qo‘mitasi rahbari Gennadiy Golovkin bilan ko‘rishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Bangkok shahriga yetib bordi. Tadbir arafasida rasmiylar bilan bir qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Qozog‘iston tomoni bilan uchrashuvlarda O‘zbekiston va Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitalarining bosh kotiblari Oybek Qosimov hamda Janar Uteshova ham qatnashdi.

Gennadiy Golovkin OOK vitse-prezidentini futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgani bilan qutlab, bo‘lajak musobaqada ham omad tiladi. O‘z o‘rnida, Otabek Umarov Golovkinni yangi lavozimga saylangani bilan muborakbod etib, rahbarlik sohasida ham ulkan muvaffaqiyatlarga erishishini tiladi. Shuningdek, uni O‘zbekistonga taklif etdi va hamkorlikda ishlashdan mamnun bo‘lishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Otabek Umarov Gennadiy Golovkin Oybek Qosimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing