Oybek Qosimov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi
Sport
−
11 may
9108Tailand poytaxti Bangkokda o‘tkazilayotgan Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) Bosh Assambleyasida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Oybek Qosimovga “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx topshirdi.
Qayd etish joiz, mazkur mukofot uzoq yillar qit’ada Olimpiya harakati rivojiga hissa qo‘shgan mutasaddilarga beriladi. Bu orden OOKning eng nufuzli sovrini hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OOK vitse-prezidenti Otabek Umarov Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Gennadiy Golovkin bilan uchrashgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi