Ovoz Abdurahmonovniki bo‘lib chiqdi. Viloyat hokimligi rasmiy bayonot berdi
Jamiyat
−
13 noyabr 2020
23875Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga tegishli ekani aytilayotgan ovozli yozuv tarqalgani haqida xabar bergan edik. Mazkur audio bo‘yicha Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati rasmiy bayonot berib, ovoz haqiqatan ham Abdurahmonovga tegishli ekanini ma’lum qildi.
“Mazkur audioyozuv Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga tegishli ekanligi, ammo ushbu audioyozuv bundan ikki yil muqaddam yozib olinganligi ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari audioyozuvda viloyat hokimining bildirgan fikrida barcha OAV vakillariga emas, aksincha ayrim noxolis OAV xodimlariga nisbatan aytilganligini bilish mumkin.
Jumladan, o‘tgan davr mobaynida OAV vakillari bilan shaxsan viloyat hokimining ishtirokida 20 dan ziyod ochiq muloqotlar, brifinglar, press turlar hamda matbuot anjumanlari o‘tkazildi.
Shuningdek viloyat hokimligi Respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha OAV vakillari bilan doimiy ravishda Andijon viloyati ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy yangiliklarni yoritib borishda hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan”, deyiladi bayonotda.
Ovoz qachon yozib olinganidan qat’i nazar unda hokim Shuhrat Abdurahmonov jurnalistlar haqida nojo‘ya fikr bildirgan. Qolaversa, murojaat qilib kelgan 5-6 nafar ayolni 15 sutkaga qamatib yuborganini aytgan.
LiveBarchasi