“Otnosheniye”dan “resheniye”gacha – Sa’dullayev

Jamiyat

“Yoshlar ittifoqi bir ishni hal qilib, obro‘im ko‘tarilib qoldi”, deydigan tashkilot bo‘lmaydi. Kimdir biror ishni buzib qo‘ysa va Yoshlar ittifoqi borib uni to‘g‘rilasa, “geroy” bo‘ladi degan, narsa yo‘q”, deydi Yoshlar Ittifoqining yangi raisi Alisher Sa’dullayev “Yoshlar press klubi” sessiyasida qatnashgan talabaning “tashkilot kontrakt va stipendiya masalasidagi o‘zgarishlarni bekor qilishni uddalasa, yoshlarning Ittifoqqa nisbatan ishonchi ortishi mumkin”, degan taklifiga javoban.

 “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bu muammoni hal qilganda “otnosheniye” o‘zgarsa, bizga bu kerak emas. Bu tashkilot eng kuchli va salohiyatlilarni yig‘ib, tizimli strategiyani o‘ylaydi. Bugun bir masala chiqsa, “Yoshlar ittifoqi buni hal qilmasa bo‘lmaydi”, degan gap “chto eto takoy”. Masalan, kontraktni hal qilib berdik “geroy”ga aylandik, ertaga boshqa masala chiqsa, uni yechmasak, yana “geroy” bo‘lmas ekanmiz... Bizga tizim kerak”, deydi Ittifoq raisi.

Sa’dullayev so‘zida davom etib, Oliy ta’lim vaziri rahbarlari nega chaqirilganiga to‘xtalib o‘tdi.

“Biz oliy ta’lim vazirligiga tahlil qilib, o‘rganib, (tahr.ko‘rsatamiz). Nega ularni “srochno” chaqirdik? Sizlarni o‘ylaganimiz uchun chaqirdik. O‘zingiz tushuntirib bering, bolalar tushunmayapti. Siz yaxshi deyapsiz, lekin bolalar yaxshi demayapti. Shuni tushuntirib beringlar, deb chaqirdik.

Ular keldi, ko‘rdinglar munosabatini. Javobini aytamiz deb, o‘zlariga “zametka”lar yozib olishdi. Endi javobini aytishadi”, dedi Sa’dullayev.

QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova Alisher Sa’dullayevdan savollarga qachon javob berilishini, nega Oliy ta’lim vazirligi rahbariyati talabalarning savoliga javob berolmay, slaydlar bilan cheklanayotganini so‘radi?

“Men bilmayman. Sentyabrning oxirigacha deyishyapti. Agar biror savolning javobini bilmasa, bilmayman deyiladi. Osmondan fakt olsa, yolg‘on bo‘ladi-ku. Boya aytilganidek, so‘rovnoma qilinmagan bo‘lsa, qildik desa yolg‘on bo‘ladi-ku (kulib). Bilmagan narsasini bilmadik deydi. O‘rganib, ommaviy axborot vositalariga e’lon qilamiz deyiladi. “Vsyo, resheniye” shunaqa bo‘ladi”, deydi Alisher Sa’dullayev.

Avvalroq, “Alisher Sa’dullayev “itdek” ishlagani, uyini sotishi va poytaxtga kelishi haqida gapirdi” nomli maqola e’lon qilingandi. Unda Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayevning talabalik yillari haqida uning o‘zi aytgan xotiralari ochiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

kontrakt Alisher Sa'dullaev

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing