OTMlar xodimlari qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkmasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish pul mukofotlari ko‘rinishida, shuningdek, mehnat faoliyatida yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi erishgan yutuqlari uchun oliy ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan asosiy ish haqiga ustama va qo‘shimcha haqlar belgilash orqali byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

Pul mukofotlari, ustamalar va qo‘shimcha haqlar miqdori har bir xodimning oliy ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo‘shgan shaxsiy hissasiga qarab belgilanadi.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga sarflanishi mumkin. Bunda moddiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar oliy ta’lim muassasasining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, birlamchi xarajatlarni qoplaganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Shuningdek, qaror bilan kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qarab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari

•    2009/2010 o‘quv yilidan boshlab – 1:10,5;

•    2019/2020 o‘quv yilidan boshlab – 1:12,0;

•    2020/2021 o‘quv yilidan boshlab – 1:14,0;

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab – 1:16,0 nisbatda belgilanib, oliy ta’lim muassasasi kengashlariga zarur hollarda, mazkur nisbatlarni 50 foizgacha o‘zgartirish vakolati berildi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM o'qituvchi

Baholaganlar

254

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing