OTMlarga xalqaro ta’lim standartlari va baholash me’yorlari joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining reytingi oshiriladi, ularni dunyodagi eng yaxshi 1000 ta universitetlar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi to‘g‘risida"gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatga muvofiq:

•  bilimlar, innovatsiyalar va texnologiyalarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha milliy elektron ta’lim resurslari tizimi takomillashtiriladi, shuningdek, ichki va jahon ta’lim resurslaridan oson foydalanish imkoniyatlari ta’minlanadi;

•  raqobatbardosh, sifatli ta’lim tizimi shakllantiriladi va aholining uzluksiz ta’lim olishi uchun imkoniyatlar yaratiladi, chet el fuqarolarini O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga va kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga jalb etiladi;

•  xalqaro ta’lim standartlarini va o‘qitish sifatini baholash me’yorlarini joriy etish orqali oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarining samaradorligi oshiriladi;

•  O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining reytingi oshiriladi, ularni dunyodagi eng yaxshi 1000 ta universitetlar ro‘yxatiga kiritiladi;

•  oliy o‘quv yurtlarining xalqaro ilmiy-ma’rifiy faoliyati kuchaytiriladi, O‘zbekiston ilmiy va ekspert hamjamiyatining xalqaro axborot-kommunikatsiya makoniga tizimli integratsiyalashuvi ta’minlanadi;

•  respublikaning akademik salohiyati mustahkamlanadi, shu jumladan ilmiy ishlarning darajasi va sifati oshiriladi, ularning xalqaro miqyosda tan olinishiga erishiladi;

•  Oliy o‘quv yurtlarida zamonaviy bilim va malakaga ega hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va chet tillarini puxta o‘zlashtirgan kadrlarni tayyorlash sifati oshiriladi;

•  O‘zbekistonda xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy maktablar (taniqli olimlar uchun), milliy ekspertlar hamjamiyatlarining shakllanishiga ko‘maklashiladi;

•  ilmiy tadqiqotlar olib borish va innovatsion faoliyat rag‘batlantiriladi, ishlab chiqarish jarayoniga ilmiy va innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarning kiritilishini ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlar yaratiladi;

•  ilmiy ishlanmalar tijoratlashtiriladi, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro yaqin integratsiyasi ta’minlanadi, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlar jalb qilinadi va ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, loyihaga o‘zgartirishlar kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

OTM O'zbekiston Oliy o'quv yurtlari

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing