OTMlardagi ayrim talabalarning kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Jamiyat
−
02 iyun 2023
5472O‘zbekistonda ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati joriy yilning 10 iyuni
gacha uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilgan.
Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:
- to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
- qayta tiklangan talabalar uchun.
Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o‘quvchilari) uchun ham muddat 10 iyunga qadar uzaytirildi (2023 yil 15 martdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadi).
Ma’lumot o‘rnida, yuqori bosqich (2 va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to‘lash muddatini uzaytirish Oliy ta’lim muassasasi rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.
LiveBarchasi