OTMlarda 20 dan ortiq yangi yo‘nalish va mutaxassisliklar ochilmoqda
Jamiyat
−
04 iyul 1334 2 daqiqa
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassalarida 20 dan ortiq yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Endilikda bakalavriat bosqichida quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi:
- ekologiya va atrof-muhit;
- yashil iqtisodiyot;
- iqlim o‘zgarishi;
- qayta tiklanuvchi energiya;
- suv resurslarini boshqarish;
- mobil robototexnika;
- uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar);
- barqaror qishloq xo‘jaligi;
- ekoturizm;
- temir yo‘l muhandisligi.
Magistratura bosqichida ham qator yangi mutaxassisliklar ochildi. Jumladan:
- xalqaro energetik siyosat;
- xalqaro suv diplomatiyasi;
- sirkulyar iqtisodiyot;
- barqaror moliya;
- rivojlanish iqtisodiyoti;
- ekologiya huquqi;
- xalqaro savdo huquqi;
- nazariy va muhandislik fizikasi;
- urbanistika;
- barqaror shaharsozlik;
- iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi;
- barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar.
Shuningdek, klassifikatorga yana quyidagi o‘zgartirishlar kiritilgan:
- 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlangan.
- 766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlangan.
- 799-pozitsiya klassifikatordan chiqarilgan.
Bildirilishicha, o‘zgarishlardan asosiy maqsad – oliy ta’limni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
Live
Barchasi