OTMlar to‘lov-kontrakt bo‘yicha kvotani mustaqil belgilaydigan bo‘ladi
Jamiyat
−
13 iyun 2020
11216Kelgusi o‘quv yilidan faqat davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi. To‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi. Bu haqda “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilangan.
Prezident qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar:
• oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarida faqat davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini belgilash;
• to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash. Bunda, to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi lozim;
• iqtidorli talabalarni nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida ham davlat granti asosida o‘qitish;
• alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim sohalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovlari topshirish tartibini joriy qilish bo‘yicha Hukumatga asoslantirilgan takliflarni kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘z o‘zini moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt miqdorini mustaqil belgilash huquqi berildi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda OTMga hujjat topshirish 20 iyundan 20 iyulgacha o‘tkaziladi. Hujjatlar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda – Davlat xizmatlari markazlari orqali.
barcha hududlarda:
• Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
• Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali amalga oshiriladi.
LiveBarchasi