OTMga kiritish uchun 8 000 dollar olgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari yaqinlashgani sari “uddaburonlar” test sinovlariga kirishga bilimi yetmaydigan abituriyentlarni talaba qilish uchun “ov” boshlaydi. Ovga chiqqanlarning navbatdagisi Toshkent shahrining Mirobod tumanida qo‘lga olindi.

Joriy yilning 11 iyul kuni 47 yoshli Nigora Ya.ning arizasi bo‘yicha Mirobod tumanida ayolning qizi va jiyanini Toshkent davlat texnika universitetiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan 35 yoshli Husniddin U. qo‘lga olindi.

U 8 000 dollar evaziga (har bir abituriyentga 4 000 dollardan) Davlat test markazidagi mas’ul xodim yordamida Nigora Ya.ning qizi va jiyanini OTMga kiritishni va’da qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM korruptsiya imtihon

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing