OTMga kirishda qizlar uchun grantlar 2 karra oshiriladi – Prezident
Jamiyat
−
29 dekabr 2020 3925 1 daqiqa
Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Murojaatnoma davomida Prezident OTMlarga kirishda qizlar uchun grantlar soni 2 baravarga oshirilishini aytdi.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, xususiy oliygohlarga davlat buyurtmasi bo‘yicha qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Davlat grantlari 25 foizga oshiriladi. Ehtiyojmand oilalarning qizlari uchun OTMlarda grantlar soni 2 baravarga ko‘paytirilib, 2 mingtaga yetkaziladi.
A’lo bahoga o‘qiyotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qizlari uchun stipendiyalar tashkil etiladi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr