OTMga kirish imtihonlari bekor qilinadi
Jamiyat
−
05 iyun 2021
59786Maktab bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga maktabdagi imtixon orqali kiradi. Bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, maktab bitiruvchilarining ortiqcha ovora bo‘lmasliklari, faqat bir marta imtihon topshirish bilan OTMga kirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilmoqda. Ushbu usul O‘zbekistonda qachondan joriy etilishi ma’lum emas.
Maktab, akademik litseylar bitiruvchilarining yakuniy davlat imtihonlarini kirish test sinovlariga tenglashtirish, ya’ni unifikatsiya qilish to‘g‘risida qaror loyihasi ishlab chiqilgan va tegishli davlat organlariga taqdim etilgan. Lekin oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar uchun kirish test sinovlari alohida o‘tkaziladi.
Shu o‘rinda eslatish lozim, bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari qanday tartibda bo‘lsa, yakuniy davlat imtihonlari ham shu tartibda tashkil etiladi (maktablarda emas).
LiveBarchasi