OTMga kirish imtihonlarining birinchi kun natijalari e’lon qilindi
Jamiyat
−
03 avgust 2023 8849 1 daqiqa
Joriy yilning 1 avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 2 xil usulda bilishlari mumkin:
- Abituriyentlar uchun tashkil qilingan saytning “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
- Abituriyentlar o‘z ballarini maxsus Telegram-botiga shunchaki ID-raqam yoki QR-kod jo‘natish orqali bilish imkoniyati yaratildi.
Eslatib o‘tamiz, test sinovlari barcha hududlarda 1 avgust kuni boshlanib, hududlardagi abituriyentlar soni va binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025