OTMga qizlarni qo‘shimcha grantga qabul qilish tartibi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda soliqchilar tayyorlovchi alohida OTM ochiladi north_east

O‘zbekistonda soliqchilar tayyorlovchi alohida OTM ochiladi

Oliy ta’lim muassasalariga xotin-qizlarni qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanomalar berish va o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga asosan Respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanomalar quyidagi mezonlar asosida beriladi:

- kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va to‘lov kontraktini to‘lashga layoqatsiz bo‘lgan oilalar;

- to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;

- 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan beva ayollarning (er) qizlari;

- otasi yoki onasi nogiron bo‘lgan va kam ta’minlangan oilalar;

- og‘ir uy-joy sharoitlarida yashayotgan va doimiy uy-joyiga ega bo‘lmagan oilalar;

- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan kam ta’minlangan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;

- nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalar;

- oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan bir necha baravar past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin hududlarda yashovchi oilalar farzandlari uchun ularni o‘z hududida muyyan muddat ishlash sharti bilan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM qaror loyihasi

Baholaganlar

323

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing