OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Jamiyat
−
21 iyul 2024
18986Prezidentning 2024 yil 19 iyuldagi 36-sonli farmoyishi bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra:
- bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 ming 838 nafar;
- magistratura bo‘yicha – 9 ming 365 nafar grant o‘rinlari ajratilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilda kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida hamda faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun esa yo‘q. Bu kvotalar sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakli uchun emas, aksincha, faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun amalda bo‘ladi.
Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan taxminan 1 haftada e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTMlarga kirish imtihonlari boshlangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, abituriyentlardan tyest sinovi olinadigan binolar ro‘yxati e’lon qilingandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar