OTMda ro‘mol bog‘lash variantlari ham berilishi kerak – Toshqulov forma haqida

Jamiyat

image

Oliy ta’lim vazirligi talabalarning formasi bo‘yicha cheklov qo‘yishga qarshi. Bu haqda vazir Abduqodir Toshqulov “Toshkent yoshlar forumi — 2021” doirasidagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi.

“Rektor bo‘lib ishlagan davrimda forma bo‘yicha taqiqlarni bekor qilishdan boshlagandim. Ammo bu me’yor bilan bo‘lishi kerak, ya’ni bo‘yinbog‘ taqib kelmagani uchun darsga kiritmaslik kabi holatlar bo‘lmasligi kerak. Oliy ta’lim muassasalarining ko‘pchiligi moliyaviy mustaqil, o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan ta’lim maskanlari sanaladi. Ularning o‘z dress-kodlari borligini ham inobatga olish kerak”, deydi Toshqulov.

Vazirga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasasida kiyinish qanday bo‘lish kerak deganda, faqat ro‘mol bog‘lamagan qizlar varianti berilishi kerak emas.

“Oliy ta’lim vazirligi va o‘zimning pozitsiyamni aytadigan bo‘lsak, forma bo‘yicha cheklov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz. Qiz bolalarning kiyinishi borasida gapiradigan bo‘lsam, biz ularga taqiqlash nuqtai nazaridan emas, balki birinchi navbatda taklif berishimiz kerak. Oliy ta’lim muassasasida kiyinish qanday bo‘lish kerak deganda, faqat ro‘mol bog‘lamagan qizlar varianti emas, ro‘mol bog‘lash variantlari ham berilishi kerak”, deydi vazir Toshqulov.


Maqola muallifi

Teglar

Abduqodir Toshqulov

Baholaganlar

438

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing