OTM talabalarining kontrakti miqdori 10 foizga kamaytirildi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2020
9293Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun 10 foiz chegirma berilishi haqida xabar bergan edik.
Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ma’qullandi va barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga vazifa sifatida yuborildi.
Yangi 2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasida kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan barcha talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz qismidan) miqdoriga 10 foiz chegirma beriladi.
Vazirlik ota-onalardan kontrakt masalasida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, aniq faktlarni ko‘rsatgan holda Telegram`dagi @otvmurojaat_bot boti orqali murojaat qilishni so‘ragan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15