Talabalar kontrakt pulini qancha muddatda to‘lashlari mumkin?
Jamiyat
−
17 avgust 2020 15406 1 daqiqa
O‘zbekistonda davlat OTMlari talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida 4 marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Farmoniga asosan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
• OTMlarda asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 baravarga qisqartiriladi;
• O‘zbekiston OTMlariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kvota bosqichma-bosqich 2 baravarga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida o‘quvchi barcha talabalarga to‘lov-kontrakt uchun 10 foizlik chegirma berildi. Keyin esa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining shaxsi noma’lum rasmiysi chegirma kontraktning stipendiyasiz shakliga nisbatan hisoblanishi haqida bayonot berdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr