OTB O‘zbekistonga shaharsozlik uchun 59 million dollar beradi
Jamiyat
−
20 aprel 2023
5230“Osiyo taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekiston shaharlarini kompleks rivojlantirish uchun 59 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Prezidentning “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, mazkur hujjat Prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish uchun OTB bilan 59 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimini imzolash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan.
Bunda O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida olinadigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilingan.
Loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni (2023-2027 yillar) tashkil etadi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, OTB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ sifatida belgilangan.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
•“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
•“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini so‘ndirish va foizlarni to‘lashning prognoz jadvali;
•“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini 2028 yildan boshlab qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognoz jadvali;
•“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi 2-komponenti doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognozi.
LiveBarchasi