OTB O‘zbekistonga 500 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 iyun kuni Osiyo taraqqiyot bankining Direktorlar kengashi koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga 500 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 500 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli qarz mablag‘lari 15 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) Libor (6 oylik) + spred (0,5 foiz) yillik foiz stavkasida ajratilmoqda.

Jalb qilinayotgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi va davlat byudjetiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag‘larini ajratishdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, shu jumladan Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xatarlari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, OTB tomonidan Respublika Davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

kredit OTB

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing