Otabek Umarov yana bir lavozimni egalladi
Sport
−
09 noyabr 2019
40342O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.
Otabek Umarovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozishicha, O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi faoliyatini GFC XX musobaqasi bilan boshlaydi.
Assotsiatsiyaning saylangan rahbari GFC XX musobaqasida ishtirok etadigan sportchilar bilan uchrashib, mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
GFC XX musobaqasida O‘zbekistondan 8 nafar sportchi– Akmal Amirov, Avliyoxon Hamidov, Jahongir Jumayev, Ahliddin Mirzadavlatov, Nursulton Ro‘ziboyev, Jamshid Rahmonaliyev, Muzaffar Rajabov va Amin Ergashev qatnashadi.