Otabek Umarov Osiyo olimpiya kengashi direktori bilan uchrashdi
Sport
−
03 Oktabr
4491Kecha, 2 oktyabr kuni Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov ayni kunlarda Toshkentda bo‘lib turgan Osiyo Olimpiya kengashi direktori, Butunjahon suzish federatsiyasi prezidenti Husayn Al Musallam bilan uchrashdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxtdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Musallam dastavval Olimpiya shaharchasidagi o‘rganish ishlari bo‘yicha o‘z xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbirda Musallam Toshkentda 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik yaxshi ketayotgani, Olimpiya shaharchasidagi qurilish ishlari bir maromdaligi, shuningdek, tashkiliy ishlar ham ko‘ngildagidek yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Shu barobarda Musallam e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan qator masalalar bo‘yicha ham o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Rasmiylar ham bo‘lajak o‘yinlarga katta hajmda tayyorgarlik ko‘rilayotgani, jarayon shaxsan Prezidentning nazorati ostida ekanini bildirdi.
Suhbat davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning keyingi bosqichiga oid qator istiqbolli rejalarni ko‘rib chiqdi.
Shundan so‘ng Al Musallam zamonaviy qiyofa ochgan muzey bilan yaqindan tanishdi. Unda mehmonga o‘zbek sportining shonli tarixi, bugungi kundagi muvaffaqiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Yakunda u faxriy mehmonlar kitobiga o‘z dil izhorlarini yozib qoldirdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr