Otabek Umarov Milliy futbol markazini ko‘zdan kechirdi

Sport

image

Bugun, 15 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Umarov boshchiligida guruh Toshkent viloyatida qad rostlayotgan Milliy futbol markazidagi qurilish jarayoni bilan tanishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni davrda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida o‘zbek sportidagi yana bir loyiha – Milliy futbol markazi qurilishi olib borilmoqda. Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ushbu jarayon bilan yaqindan tanishdi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovga ko‘ra, markaz hududida 280 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy mehmonxona, futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, milliy terma jamoalar bazasi, Respublika futbol akademiyasi, sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi faoliyat olib boradi. 

O‘z navbatida, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov mazkur loyiha kelgusida o‘zbek futbolining yuqori darajaga ko‘tarilishida muhim platforma vazifasini bajarishi haqida to‘xtalib, unda xorij tajribasidan keng foydalanish borasida takliflarini ilgari surdi. Mutasaddilar o‘rganish ishlari davomida ob’ektni batafsil ko‘zdan kechirib, ish samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr almashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ravshan Ermatov Otabek Umarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing