Otabek Shukurov “Sharja” bilan shartnomasini uzaytirdi
Sport
−
20 avgust 2021
3642Bugun, 20 avgust kuni O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov BAAning “Sharja” klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub Instagram sahifasida xabar berildi.
Unga ko‘ra, 25 yoshli Shukurov klub bilan 2023 yilgacha bo‘lgan yangi shartnomaga imzo chekkan. Qashqadaryolik futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilning oxiriga qadar tuzilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Otabek Shukurov “Sharja”ga “Bunyodkor”dan 2018 yil ko‘chib o‘tgan. Amirliklar safida 71 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol urgan va 5 golga uzatmani amalga oshirgan.
Avvalroq, Otabek Shukurov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga munosib ko‘rilgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, sportchi o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 100 dan ortiq yoshlar tahsil olishiga mo‘ljallangan o‘quv markazi ochgan.
LiveBarchasi