Otabek Shukurov “Al-Fayha” a’zosi sifatida tanishtirildi (video)

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Otabek Shukurov Saudiya Arabistonining “Al-Fayha” klubi a’zosi sifatida taqdim etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Shukurov yangi jamoasida 20-raqamda maydonga tushadi. 28 yoshli futbolchi Saudiya klubida keyingi yil yoziga qadar to‘p tepadi. “Al-Fayha”ga yarim himoyachi transferi 400 ming yevroga tushdi.

O‘zbekistonlik futbolchi o‘tgan mavsumni Turkiyaning “Kayserispor” jamoasida o‘tkazdi. Turk klubi safida Shukurov 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Hozirda “Al-Fayha” mamlakat chempionatida 17-o‘rinda bormoqda.  Jamoa dastlabki ikki turda mag‘lubiyatga uchradi va hali g‘alaba qozongani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Otabek Shukurov Al-Fayha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing