Otabek Sattoriyning apellyatsiya sudi sanasi aniq bo‘ldi
Jamiyat
−
21 iyun 2021
10081Joriy yilning 29 iyun kuni soat 11:00 da Surxondaryo viloyat sudi binosida sudlanuvchi O.Sattoriyga oid jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasida qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.
Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Obidovning ma’lum qilishicha, mazkur jinoyat ishi Samarqand viloyat sudining apellyatsiya sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi hukmiga ko‘ra, O. Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi