Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan manzil-koloniyaga o‘tkazildi
Jamiyat
−
11 dekabr 2023
8568Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan manzil-koloniyaga o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook sahifasida yozib qoldirgan.
Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanib, 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, blogerning qamalishidan so‘ng “Human Rights Watch” (HRW) xalqaro tashkiloti Sattoriyning qamalishini mamlakatdagi so‘z erkinligiga zarba, deb baholagandi.
LiveBarchasi