Namanganda 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan 19 yoshli haydovchi qamaldi
3-sahifa
−
09 fevral
10006Namangan viloyatining Uychi tumanida mast holda mashina boshqarib, uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan 19 yoshli yigit 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Mening yurtim” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi 2024 yilning 29 oktyabr kuni ro‘y bergan. Sudlanuvchi yigit do‘stlari bilan tungi klubda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. So‘ngra o‘ziga tegishli bo‘lmagan Captiva mashinasini haydovchilik guvohnomasi yo‘qligiga qaramay, “Uchqo‘rg‘on-Uychi-Namangan” yo‘lida soatiga 100 kilometr tezlikda boshqargan. Oqibatda Cobalt ichida bo‘lgan uch nafar shaxs voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Uychi tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida yigit Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan aybdor deb topildi va 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, unga 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositasini boshqarish taqiqlandi. Jazoni manzil-koloniyada o‘tattirish belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joriy yilning 21 yanvar kuni 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, oqibatda bir piyoda halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi