Bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi hukm chiqardi
Jamiyat
−
15 iyul 2021
34417Bugun, 15 iyul kuni bloger Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi.
Mazkur jinoyat ishi Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan ajrimga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi Otabek Sattoriyga nisbatan chiqarilgan hukmi o‘zgartirildi.
Sud hukmining Termiz shahridagi xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Xamro Boboqulov tomonidan 2020 yil 2 iyul kuni KSH 032769 SV sonli reyestr bilan tasdiqlangan “Termiz Eko Ekspress loyiha” MCHJ rahbari To‘lqin Shopo‘latov bilan Otabek Sattoriy o‘rtasida tuzilgan Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, “Ma’rifat” mahallasi, “Istiqlol” ko‘chasi, 6-uyda joylashgan 42-raqamli kvartirani Otabek Sattoriyga sotganligi bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini hamda shu kuni KSH 032770 SV sonli reyestr bilan tasdiqlangan “Termiz Eko Ekspress loyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari To‘lqin Shopo‘latov bilan Otabek Sattoriy o‘rtasida tuzilgan Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, “Ma’rifat” mahallasi, “Istiqlol” ko‘chasi, 6-uyda joylashgan 44-raqamli kvartirani Otabek Sattoriyga sotganligi bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas, deb topish hamda shu bilan bog‘liq “Termiz Eko Ekspress loyiha” MCHJ T.Shopulatovdan sudlanuvchi O. Sattoriy foydasiga 234.835.000 so‘mni undirish qismi bekor qilindi va jabrlanuvchi T. Shopulatovga ushbu yuzasidan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.
Sud hukmining Otabek Sattoriy hisobidan sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq 183.750 so‘m xarajatni undirish qismi bekor qilindi.
Otabek Sattoriyga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘tash muddati 2021 yil 30 yanvar kunidan boshlab hisoblanishi belgiladi.
Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.
LiveBarchasi