Otabek Murodov yana qamoqqa olindi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2019
13452O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Otabek Murodov uy qamog‘idan qamoqxonaga o‘tkazildi. QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, Murodov 18 sentyabr kuni qamoqqa olingan.
Sud Otabek Murodovga qo‘llangan uy qamog‘i ehtiyot chorasini qayta ko‘rib chiqib, uni qamoq ehtiyot chorasiga almashtirgan. Murodov uy qamog‘iga 28 iyun kuni o‘tkazilgandi.
Otabek Murodov joriy yilning 20 iyun kuni Bosh prokuror lavozimidan ozod qilingandi. U bu lavozimda 1,5 yil 2018 yil yanvardan 2019 yil yozigacha faoliyat olib bordi.
21 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida prokuratura tizimini tanqid qilib, Murodovga nisbatan poraxo‘rlik ayblovi bilan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.
Keyinroq, Bosh prokuratura matbuot xizmati Otabek Murodov yana bir sobiq Bosh prokuror, DXXning sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergov qilinayotgani haqida ma’lumot berdi.
LiveBarchasi