Otabek Murodov aybini tan olib, uy qamog‘iga o‘tkazildimi?

Jamiyat

image

Xalqaro ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori, jinoyat ishi figurantiga aylangan Otabek Murodov 28 iyundan uy qamog‘iga o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ta’kidlanishicha, sobiq Bosh prokuror barcha ayblar bo‘yicha iqrornomaga imzo chekkani va tergov bilan hamkorlik qilgani uchun tergovga uyidan qatnashiga izn berilgan:

Shuningdek, Murodovdan shaharni tark etmaslik, Internet va mobil telefon tizimlaridan foydalanmaslik haqida tilxat olingani iddao qilinyapti. Shundan so‘ng 2 iyul kuni uyidan tergovga konvoy hamrohligida olib ketilgan.

Mazkur xabarlarga aniqlik kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati bilan bog‘landik.

Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati yuqorida aytilganidek Murodovning iqrornomaga imzo chekkani va uy qamog‘iga o‘tkazilgani bo‘yicha hech bir ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi. U korrupsiyaga aloqadorlikda ayblanib, jinoyat ishi figuranti bo‘lgani ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Murodov

Baholaganlar

650

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing