Gulnora izidan yohud sobiq Bosh prokuror Otabek Murodov nega qamoqda emas?

Tahlil

image
Kuyovlar yov, qizlar ofatmi? Prezidentlarning quyushqondan chiqqan farzandlari  north_east

Kuyovlar yov, qizlar ofatmi? Prezidentlarning quyushqondan chiqqan farzandlari 

Maxsus film: Bosh prokuraturadagi dahshatli qiynoqlar (18+) north_east

Maxsus film: Bosh prokuraturadagi dahshatli qiynoqlar (18+)

Andijon voqealarida tinch aholiga o‘q uzilganmi? – Svetlana Ortiqova bilan suhbat north_east

Andijon voqealarida tinch aholiga o‘q uzilganmi? – Svetlana Ortiqova bilan suhbat

Bir necha kun avval, uzoq kutilgan sud ishi bo‘yicha chiqarilgan hukm e’lon qilindi. Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovga 5 yil ozodlikdan cheklash jazosi berildi. Oliy sud tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) va boshqa jinoyatlarda aybli deb topilgan. 

O‘tgan davr mobaynida prokuratura tizimini 15 yil davomida boshqargan Rashid Qodirov ishi bo‘yicha sud hukmida jinoyatchining qaysi moddalar asosida aybli deb topilgani to‘liq keltirilgan edi

O‘tgan 2019 yilda trendga chiqqan jinoyatlar ichidan “Human” bandlik agentligi ishi bo‘yicha ham hukm e’lon qilindi. Hukmda agentlik rahbari Sh.Fayzullayev qancha muddat olgani va qaysi jinoyatlarda aybli ekani ko‘rga hassadek qilib qayd etildi

Biroq, Otabek Murodov ishida sobiq Bosh prokurorga nisbatan aynan qaysi moddalar qo‘llanilgani ochiqlanmagan. 210-modda va boshqa moddalar deyish bilan cheklanilgan. Vaholanki, JPK 19-moddasining 10-bandiga binoan sud hukmlari, ajrimlari va qarorlari barcha hollarda oshkora e’lon qilinadi. 

Lekin biz e’tibor bermoqchi bo‘lgan masala ko‘pchilik tomonidan qayta va qayta beriladigan savol yuzasidan: ozodlikni cheklash jazosi o‘zi nima va uning tartibi qanday?

OZODLIKNI CHEKLASH – UY QAMOG‘IMI?

Jinoyat kodeksining 48-1-moddasida jazo turlaridan biri ozodlikni cheklash haqida qoidalar belgilab berilgan. 

Ozodlikni cheklash – sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini (uyini) u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat.

Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida o‘taladi. Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovga mazkur jazoning eng yuqori muddati berilgan, ya’ni 5 yil. 

Qo‘llanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:

•    muayyan joylarga bormaslik;
•    ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik;
•    muayyan faoliyat bilan shug‘ullanmaslik;
•    muayyan buyumlarga ega bo‘lmaslik yoki ularni o‘zida saqlamaslik;
•    transport vositasini boshqarmaslik;
•    mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) o‘qish joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga chiqmaslik;
•    muayyan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik;
•    aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik;
•    alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik. 

Yuqoridagi shartlardan ma’lumki, mahkum faqatgina uyda o‘tirib, tashqariga chiqmasa bo‘ldi, degan tushuncha noto‘g‘ri. Unga ma’lum majburiyatlarni bajarish yuklatiladi va bu hammaga har xil qo‘llanilishi mumkin. 

Ozodlikni cheklash jazosida sud mahkumni ma’lum vaqtdan keyin uydan chiqishini taqiqlashi mumkin. Amaliyotda ko‘plab sud ishlarida bu shart 22-00dan ertalab 06-00gacha ko‘chaga chiqmaslik ko‘rinishida tayinlanadi. 

BIR SUD ISHIDAN MISOL KELTIRAMIZ. UNDA CHEKLOVLAR SHUNDAY BERILGAN:


•    yashash joyini hukmni ijrosini nazorat qiluvchi organ ruxsatisiz o‘zgartirmaslik,
•    ommaviy va boshqa tadbirlarda ishtirok etmaslik,
•    muayyan joylarda – tungi klublar, restoran, kafe, bar, spirtli ichimliklari ichish joylariga bormaslik,
•    alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik, muayyan buyumlarni – barcha turdagi pichoq, temir bo‘laklarini o‘zida saqlamaslik,
•    Qashqadaryo viloyati hududidan tashqariga chiqmaslik. (Murodov asli qashqadaryolik)

Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi. 

AGAR MAJBURIYATLAR BAJARILMASA-CHI?

Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida agar mahkum shartlarni to‘liq bajarmasa, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkinligi belgilangan. Bu majburiyatlarni bajarmaganlarga qat’iy choralar ko‘rilishi mumkinligiga tarix guvoh. 

Misol tariqasida, aynan shunday majburiyatlarni bajarmagani, ijtimoiy tarmoqlardan foydalangani Gulnora Karimovaga qimmatga tushgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2018 yil 1 iyuldagi ajrimi bilan Gulnora Karimovaga tayinlangan jazo 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan

Lekin mahkuma Gulnora Karimova jazoni o‘tash davrida sud tomonidan o‘rnatilgan cheklovlarni muntazam ravishda buzib, o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan. Xususan, Karimova 2018 yil 22 noyabr kuni yashash joyidan o‘zboshimchalik bilan chiqib ketgan hamda jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzmaslik haqida ogohlantirilgan. Ogohlantirishga qaramasdan, jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzishda davom etgan, xususan: muntazam ravishda aloqa vositalaridan, shu jumladan, internetdan foydalangan, jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan o‘zi tomonidan yetkazilgan zararning qoplanishiga faol to‘sqinlik qilgan.

Karimova sud ajrimini qasddan buzgani sabab, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, 2019 yil 5 martda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazilgan. 

MURODOVGA NEGA OZODLIKNI CHEKLASH BERILGAN?

Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodov nega bu jazoni olgani haqida faqatgina bir gapni aytish mumkin. Oliy sud tomonidan berilgan noto‘liq ma’lumotda faqatgina bitta moddani ko‘rdik. 210-moddasining (pora olish) faqatgina 1-bandida bu jazoga ko‘zingiz tushishi mumkin. 

Bu nimani anglatadi? Demak, Otabek Murodov pora olishda:

•    ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda, 

•    tamagirlik yo‘li bilan, 

•    bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib,

•    uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab pora olmagan.  

Ko‘p miqdor – bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor;
Juda ko‘p miqdor – bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdor;
Bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 so‘m (2020 yil 1 fevraldan).

Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovga ozodlikni cheklash jazosida sud qanday shartlar qo‘ygani bizga noma’lum. Lekin bir jihat ma’lumki, agar Otabek Murodov ham tegishli majburiyatlarni bajarmasa, Jinoyat kodeksining 48-1-moddasi 6-bandiga binoan, sud boshqa jazoga almashtirish bo‘yicha ajrim chiqarishi mumkin. 

Shuningdek, Murodov jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, yengilliklar berilishi mumkin. Sud bunday holatda mahkum prokurorga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilishi mumkin. Umid qilamizki, Otabek Murodov Gulnora Karimova yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaydi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Murodov

Baholaganlar

925

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing