Andijon voqealarida tinch aholiga o‘q uzilganmi? – Svetlana Ortiqova bilan suhbat
Intervyu
−
07 fevral 2020
53928QALAMPIR.UZ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida mehmonda. Jurnalist Qamariddin Shayxovning galdagi suhbatdoshi – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova.
Svetlana Ortiqova mamlakatda ko‘zga ko‘ringan ayol kadrlardan sanaladi.
Maktabni tugatiboq, 18 yoshida Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani prokuraturasida ish boshlagan Ortiqova xuddi “Benzokolonka malikasi” filmidagidek “Prokuratura malikasi”ga aylandi.
90-yillar boshida Bosh prokuraturada ish boshlagan, mustaqil O‘zbekiston prokuraturasi qurilishida ishtirok etgan Ortiqova 2005 yilga kelib yanada e’tiborga tushdi. 15 yil avval 13 may kuni sodir bo‘lgan Andijon voqealari mamlakatda ko‘plab rahbarlarning lavozimdan ozod etilishi, xalqaro hamjamiyatning ta’qibiga uchrashi, sanksiyalar olishiga sabab bo‘ldi, ammo Ortiqovaga ketma-ket martaba olib keldi. O‘sha vaqtlar Andijon voqealari haqida faqat Birinchi Prezident Islom Karimov va Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari bo‘lgan Svetlana Ortiqova bayonot berdi.
Mazkur suhbatda Svetlana Ortiqova bularning barchasini yodga oladi. Jumladan:
• Prokuratura organlaridagi poraxo‘rlik;
• 2005 yilda yuz bergan Andijon voqealarida qurollangan harbiylar tinch aholiga o‘q uzgani;
• Sudlardagi nohaqliklar va sudyalarni lavozimga tayinlashdagi ishtiroki;
• Hamon ikki xonali kvartirada yashashi;
• Senatning qo‘mita raisi lavozimiga tayinlanganida yig‘ilishga Mercedes'da, ammo qizining koftasi, singlisining kostyumida och borgani, uyi yonib ketgani;
• Kuch ishlatar tuzilmalar o‘rtasida liderlik va avtoritetga bo‘lgan intilish;
• Poraxo‘rlikda ayblangan sobiq Bosh prokurorlar;
• Avvalgi davrda tili bog‘liq bo‘lgani;
• Mamlakatda jinoyatchilikni yashirish holatlari haqida ochiq gapirdi.
Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi