Ota sayohatdan qaytgan o‘g‘lini koronavirus tufayli uyga kirgazmadi
Olam
−
31 mart 2020
23315Amerikaning Nanuyet shahrida yashovchi odam o‘g‘lining uyga kirishiga yo‘l qo‘ymadi. Ma’lum qilinishicha, ota o‘g‘lining koronavirus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqib shu ishni qilgan.
Ta’kidlanishicha, Piter Levin ismli erkak 21 yoshli o‘g‘li Mettga koronavirus xavfi tufayli Texasning janubidagi Padre oroliga sayohat qilmaslikni tavsiya qiladi. Yigitcha otasining maslahatini rad etib, safarga otlanadi.
Safar davomida Mett otasiga suratlar yuboradi, u va uning do‘stlari koronavirus yuqtirishi mumkin bo‘lgan muhitda suratga tushgan edi. Xususan, ba’zi suratlarda yigitcha va uning do‘stlari ko‘chada olomon orasida jonli musiqa tinglayotganini ko‘rish mumkin edi.
Uyga qaytganida Mett va uning do‘stlari pandemiya bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Ularning Nyu-Yorkka parvozi Nyu-Yorkning “La Gvardiya” aeroportida koronavirus kasalligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandan so‘ng, Tennessi shahriga yo‘naltiriladi.
Mett uyiga qaytib kelganida, mashinasidan oziq-ovqat mahsulotlari va bir enli xat topadi. Otasi yozgan xatdan Mett shuni anglaydiki, endi u ma’lum vaqt mobaynida uyga kirmaydi.
"Uning bobosi va buvisi biz bilan birga yashaydi. Ularni xavfga solishning hojati yo‘q", deb tushuntirdi Levin.
Natijada, Mett Massachuset shtatidagi kollej yaqinida ijaraga olgan kvartiraga qaytadi. Uning ijarasi iyun oyida tugaydi. Yigitcha bundan keyin qayerda yashashini bilmaydi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda hozirgacha koronavirus bilan bog‘liq 164 539 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 3 164 nafari vafot etgan, 5 896 nafari esa sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi