Ota-onasi Rossiyadagi deportatsiya markaziga joylashtirilgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ko‘magida Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan 16 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bolalarning ota-onalari Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani sababli O‘zbekistonga deportatsiya qilish uchun xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirgan. Bolalar esa yaqinlari, mehribonlik uylari va boshqa muassasalarga topshirilgan.

Mamlakat diplomatlari O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida bolalarni mamlakatga qaytishlarini ta’minlagan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan uch oyda xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan bolalar soni 84 nafarni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan O‘zbekistonning 16 nafar voyaga yetmagan fuqarosi Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari hamrohligida mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing