Ota 3 yoshli qizini garovga olib, derazadan uloqtirmoqchi bo‘ldi (video)
Olam
−
08 iyun 9222 2 daqiqa
Joriy yilning 5 iyun kuni Turkiyaning Anqara shahrida ota o‘zining 3 yoshli qizini garovga olib, derazadan uloqtimoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Milliyet” xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea Etimesgut tumanining Piyoda mahallasi 2022-ko‘chadagi uylardan birida sodir bo‘lgan. Xotini bilan janjallashib qolgan shaxs 3 yoshli qizini pichoq bilan garovga olgan. Uy derazasidan otaning qo‘lida pichoq bilan bolani ushlab turganini ko‘rgan fuqarolar bu haqda 112 tezkor chaqiruv markaziga xabar bergan. Birozdan so‘ng, voqea joyiga ko‘plab politsiya, o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam guruhlari jo‘natilgan.
Hududda keng xavfsizlik choralarini ko‘rgan guruhlar qizini garovga olgan gumonlanuvchini bu ishidan voz kechishga ko‘ndirishga harakat qilgan. Bunga rozi bo‘lmagan ota maxsus operatsiya kuchlari tomonidan zararsizlantirilgan. Gumonlanuvchi shifoxonaga olib borilgan bo‘lsa, 3 yoshli bola qutqarilib, shifokorlar nazoratiga olingan. Voqea yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.
“Olib borilgan tezkor harakat natijasida bola qutqarildi, shaxs esa yarador holda zararsizlantirildi. Operatsiya davomida bizga yordam berayotgan xizmat itimiz yaralandi va ayni paytda uni davolash ishlari davom etmoqda. Voqea yuzasidan sud-tergov jarayoni sinchkovlik bilan olib borilmoqda”, deyiladi politsiya bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida 29 yoshli o‘g‘il pul sabab kelib chiqqan janjal ortidan o‘z onasini bolta bilan o‘ldirgan edi.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun