“Ot o‘rnini toy bosadi”mi? Ronaldinoning o‘g‘li faoliyatini “Barselona”da davom ettiradi

Sport

image
0:00
0:00
download

Ispaniyaning “Barselona” klubi sobiq futbolchisi Ronaldinoning o‘g‘li Joau Mendesh Kataloniya klubiga o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda RAC1 xabar berdi.

“Men Joauning “Barselona” futbolchisiga aylanishini tasdiqlashim mumkin. Bu klub doim yuragimning bir bo‘lagi bo‘lib qoladi. Endi munosabatlarimiz o‘g‘lim orqali davom etadi”, deydi Ronaldino.

17 yoshli kichik Ronaldino hozirda “Barselona”da ko‘rikdan o‘tmoqda. U “Barselona”gacha Braziliyaning “Kruzeyro” yoshlar jamoasida o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, 42 yoshli Ronaldino 2003–2008 yillarda Kataloniya klubida to‘p tepgan. U klub safida umumiy 145 ta bahsda maydonga tushib, 70 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ronaldin'o

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing