Ot aylanib qozig‘ini topadi. Portugaliya klubiga o‘tolmagan Norchayev oldingi jamoasiga qaytishi mumkin
Sport
−
07 fevral 14731 1 daqiqa
Qishki transferlar oynasida Portugaliyaning “Braga” klubiga transfer bo‘lishi kutilgan Xusayn Norchayev Qarshining “Nasaf” jamoasiga qaytishi mumkin. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, viza muammosi sabab Portugaliyaga keta olmagan o‘zbekistonlik futbolchi Xusayn Norchayev Qarshining “Nasaf” klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Qayd etilishicha, jarayon davom etmoqda va yaqin orada transfer rasman e’lon qilinishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Norchayev futbolchilik faoliyatini aynan Qarshi klubida boshlagan. U 2020 va 2023 yillar oralig‘ida “Nasaf”da to‘p tepgan va 71 ta o‘yinda 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Hozirda Norchayevning transfer huquqi “Alaniya” klubiga tegishli.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr