Ostonada “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammiti boshlandi (video)

Olam

image

Qozog‘iston poytaxti Ostonadagi Mustaqillik saroyida bugun, 17 iyun kuni “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammiti boshlandi. 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mezbonligidagi sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etmoqda.

Tadbir oldidan davlat rahbarini Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kutib oldi. Kutib olish marosimi va qo‘shma fotosessiyadan so‘ng delegatsiyalar rahbarlari sammitda ishtirok etish uchun zalga o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, bu formatdagi birinchi sammit Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2023 yil may oyida Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 17 iyun kuni mazkur sammit oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin muzokara o‘tkazgandi. Yetakchilar huzurida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani to‘g‘risida bayonnoma imzolangani e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Ostona Markaziy Osiyo – Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing