Oston O‘runov “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi
Sport
−
12 avgust 2023
3097Joriy yilning 10 avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasidagi 16-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyatining “Navbahor” klubi Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 22-daqiqasida O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O‘runov jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi.
“Navbahor” klubi tibbiy shtabi tomonidan amalga oshirilgan tekshiruv xulosalariga ko‘ra, O‘runovda o‘ng orqa son mushaklarining cho‘zilishi qayd etilgan. Biroq jarohat jiddiy bo‘lmaganligi sababli, futbolchimizning tez orada safga qaytishi kutilmoqda.
Aytish joiz, Namangan mezbonligida o‘tgan mazkur uchrashuv 0:2 ko‘rinishida “Paxtakor” jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Bahsning 30-daqiqasida jamoa sardori Dragan Cheran hisobni ochgan bo‘lsa, 45-daqiqada Muhammadqodir Hamraliyev 2-golni kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oston O‘runov “Navbahor”ni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. O‘runovning QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, hozirda unga Yevropa va Osiyoning bir qancha klublaridan takliflar bor.
LiveBarchasi