O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin
Sport
−
26 iyun 2023
20617O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O‘runov Superliganing ikkinchi davrada “Navbahor”ni tark etishi mumkin. Bu haqda futbolchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga bergan intervyuda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Transfermarkt'da narxi 800 ming yevro etib belgilangan O‘runovga hozirda Yevropa va Osiyoning bir qancha klublaridan takliflar bor.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda O‘zbekiston Superligasi “Navbahor” klubi nomidan 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni damda Namanganning “Navbahor” jamoasi safida maydonga tushayotgan futbolchi 2022 yilning yozida Rossiyaning “Spartak” klubidan erkin agent sifatida ketgandi. U shundan so‘ng ancha vaqt jamoasiz qoldi va yakunda namanganliklar tarkibiga kelib qo‘shildi.
LiveBarchasi