Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi bronza medallarni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Bugun, 23 sentyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 4-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun dasturidan o‘rin olgan qilichbozlik bahslarida O‘zbekiston vakili Polina Volobuyeva rapira yo‘nalishida ishtirok etib, yarim finalga qadar yetib bordi. Shu tariqa u musobaqada bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Rapira dasturida ishtirok etgan Volobuyeva musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim finalga qadar yetib bordi. O‘zbekistonlik rapirachi yarim final bosqichida koreyalik raqibasiga 12:15 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ushbu medal Aychi–Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlari doirasidagi O‘zbekiston delegatsiyasi uchun qilichbozlik bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilk medal bo‘ldi.

Kun doirasida o‘tkazilgan ushu bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir medalga ega chiqdi. Sanda dasturining -56 kg vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Saydullo Abdurashidov yarim finalda xitoylik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa Abdurashidov musobaqani bronza medali bilan yakunladi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasining ushu bahslaridagi ikkinchi medali bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ushbu bronza medaldan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 8 taga ( 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza) yetdi. Hozirda O‘zbekiston umumjamoa hisobida 14-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing